Jahonning 2019 yildagi eng yaxshi turistik yo‘nalishlari ma'lum qilindi
London, Parij va Rim jahondagi eng yaxshi turistik yo‘nalishlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi TripAdvisor.
G‘oliblar turli mamlakatlardagi mehmonxonalar, restoranlar va voqealar haqidagi 12 oy davomida bildirilgan fikr va reytinglarni o‘rganishga asoslangan algoritm yordamida aniqlandi.
Birinchi o‘rinni qirollik manzaralari, Bukingem saroyi va Kamden bozori bilan London egalladi.
Ikkinchi o‘rin kruassanlar, Sena, Eyfel minorasi va Notr-Dam ibodatxonasi bilan nom qozongan Parijga nasib etdi.
Uchinchi o‘rinni egallagan Rim ekspertlarning fikricha, tomsiz ulkan muzeyni eslatadi.
Shuningdek, yuqori beshlikka Krit va Bali orollari kiritildi.
Eng yaxshi o‘ntalikdan esa Tailanddagi Pxuket oroli, Ispaniya Barselonasi, Turkiya Istanbuli, Marokashdagi Marokash va BAAdagi Dubay shaharlari joy oldi.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
16:40 / 12.11.2024
O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
19:02 / 28.10.2024