Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida elektron to‘lovlar joriy qilinadi
Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ‘ib qilish maqsadida «Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatilgan (ichki resursida), deb xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari».
Bildirilishicha, hozirgi kunda «Alisher Navoiy» va «Paxtakor» bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O‘zbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin.
Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha «Independent Telecom innovations» IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, sinov tariqasida «Bodomzor» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya'ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo‘lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026