Yangi zelandiyalik terrorchining homiylari ma'lum qilindi
Yangi Zelandiyadagi masjidda 50 kishini o‘ldirgan terrorchiga Avstriyaning «Avstriya identitar harakati» ultra-o‘ng tashkiloti moliyaviy qo‘llab-quvvatlov taqdim etgan. Bu haqda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
«Biz Avstriyadagi identitarchilar yangi zelandiyalik jinoyatchiga moliyaviy yordam ko‘rsatgani, shuningdek, u bilan aloqada bo‘lganini tasdiqlashimiz mumkin», - deya ma'lum qildi u. Kursning qo‘shimcha qilishicha, Avstriyada ekstremizm uchun joy yo‘q va uning turli ko‘rinishlariga toqat qilib bo‘lmaydi.
Kansler tezkorlik bilan surishtiruv o‘tkazish, Avstriya hududida qandaydir harakatlar amalga oshirilganini aniqlash va aybdorlarni jazolash zarurligini ta'kidladi.
Avvalroq, Avstriya konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash federal idorasi «Avstriya identitar harakati» rasmiy vakili Martin Zellnerning kvartirasida tintuv o‘tkazgandi. Bu yangi zelandiyalik terrorchi bilan aloqalar bo‘yicha gumonlarga bog‘liq.
Kraystcherch shahridagi masjidga hujum 15 mart kuni yuz berdi, 50 kishi halok bo‘ldi, yana 40dan ortiq inson yaralandi. Bir necha gumonlanuvchi qo‘lga olindi, biroq ayblov ro‘y berayotgan hodisani internetda translatsiya qilgan va fojiadan bir kun avval «Buyuk o‘zgarish» deb nomlangan 37 sahifalik manifestni e'lon qilgan avstraliyalik Brenton Tarrantga qo‘yildi. Keyinchalik, u hujumga Yevropadagi teraktlar ilhomlantirganini aytdi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024
Turkiya poytaxtida terakt uyushtirganlarning shaxsi aniqlandi
01:02 / 24.10.2024