Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat sport ta'limi muassasalarida yangi bo‘limlar paydo bo‘ladi
Davlat sport ta'limi muassasalarida sportning qishki turlari bo‘limlari paydo bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonda qishki sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi loyihasida aytilgan.
Hujjat bilan davlat sport ta'limi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa, konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari bo‘yicha bo‘limlarni tashkil etiladi.
Bajarish muddati - 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, ijro uchun mas'ullar - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar).
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari bo‘yicha saralash, seleksiya ishlarini tashkil etish uchun bolalar, o‘smirlar, qizlarning yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlarini tashkil etiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil, doimiy. Moliyalashtirish manbalari - ijrochilar va homiylar mablag‘lari. Ijro uchun mas'ullar - Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (uyushmalar).
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025