Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Bishkekka keldi
Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan keldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Putin Bishkekka Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashish uchun kelgan.
Qayd etilishicha, yetakchilar Rossiya-Qirg‘iziston mintaqalararo konferensiyasida ishtirok etadi.
Shu bilan birga, uchrashuv davomida Putin va Jeenbekov Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlarining hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladi.
Bundan oldin, Jeenbekov va Putin Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasining maqomi o‘zgarishini muhokama qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:48 / 20.01.2026
Chexiya bosh vaziri: YeI Putin bilan muzokara olib borishi kerak edi
20:27 / 19.01.2026
Tramp Tinchlik kengashiga Putinni taklif qildi
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
22:26 / 15.01.2026