Jahon | 14:32 / 26.03.2019
10650
2 daqiqa o‘qiladi

Jeenbekov va Putin Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasining maqomi o‘zgarishini muhokama qilishadi

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 mart kuni Bishkekda Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasining maqomi o‘zgarishini muhokama qilishadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti apparati tashqi siyosat bo‘limi mudiri Daniyar Sidiqov ma'lum qildi.

"Hozirda respublikadagi Rossiya harbiy bazasining maqomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi protokol tayyorlanmoqda, mazkur masala bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda", - dedi u. 

Uning aytishicha, tegishli hujjat Putinning bo‘lajak tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq respublika parlamentida Qirg‘izistondagi Rossiya harbiy bazasi maqomini o‘zgartirish masalasi muhokama qilingandi.

Rossiya prezidentining Bishkekka tashrifi 28 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Qirg‘izistonda tarkibida bir nechta harbiy obektlar bo‘lgan Rossiya birlashgan harbiy bazasi joylashgan. Rossiyalik harbiylar Qirg‘izistonda diplomatik xodimlarga tenglashtirilgan va daxlsizlik maqomiga ega.

Mavzuga oid