Jahon | 21:47 / 01.04.2019
13165
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng serdaromad kompaniyasi ma'lum qilindi  

Foto: AP Photo / Hasan Jamali

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi 2018 yilda dunyoning eng serdaromad kompaniyasi bo‘ldi. Bu haqda Moody's va Fitch reyting kompaniyalariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.     

Mutaxassislar kompaniyaning sof daromadini 111,1 mlrd dollarga baholashgan.

Bu qiymat reytingning 2- va 3-o‘rinlarini egallagan Apple va Samsung kompaniyalarining daromadlaridan ancha ko‘pni tashkil qiladi. Bu ikki kompaniya o‘tgan yil mos ravishda 59,5 va 35,1 mlrd dollar sof daromad olgan.       

Ta'kidlanishicha, Saudi Aramco’ning daromadi Apple, Google va Exxon Mobil kabi kompaniyalar umumiy daromadidan ko‘proqni tashkil qiladi. 

Saudi Aramco Saudiya Arabistoni milliy neft kompaniyasi bo‘lib, neft qazib olish va neft zaxiralari hajmi bo‘yicha dunyoning eng yirik neft kompaniyasi hisoblanadi. 

Ta'kidlanishicha, kompaniya daromadi haqidagi bunday shaffoflik Saudiya Arabistoni hukumatining kompaniyani birjaga olib chiqish rejalari bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid