Jamiyat | 17:31 / 04.04.2019
2555
2 daqiqa o‘qiladi

Bektemir tumanidagi ayrim obektlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Foto: Global Look Press/Karl-Josef Hildenbrand/dpa

Toshkent shahar hududiy gaz ta'minoti tarmoqlari bo‘limi 2019-2020 yilgi kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan Bektemir tumani Rohat ko‘chasidagi o‘rta bosimli yer usti gaz quvurlariga valflarni o‘rnatishni rejalashtirgan. 

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 9 aprel kuni soat 11:00 dan 19:00 gacha ayrim obektlarda gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
 
— Mustaqillik ko‘chasidagi 120 ta xonadonda
— Chashma ko‘chasidagi 130 ta xonadonda
— M.Avezov ko‘chasidagi 203 ta xonadonda
— Qo‘qon darvoza ko‘chasidagi 190 ta xonadonda
— J-60 ko‘chasidagi 28 ta xonadonda
— M.Avezov 1 tor ko‘chasidagi 12 ta xonadonda
— “Zilola” mahallasidagi 900 ta xonadonga ega ko‘p qavatli uylarda
— “Mirishkor” mahallasidagi 500 xonadonga ega ko‘p qavatli uylarda
— “Rohat” mahallasidagi 870 xonadonga ega ko‘p qavatli uylarda
— “Istiqlol” mahallasidagi 430 xonadonga ega ko‘p qavatli uylarda

Shuningdek, yuqorida keltirilgan manzillardagi maishiy-kommunal obektlarda ham.
 
«Keltirilayotgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid