Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik o‘g‘rilik tufayli Qozog‘istonda topildi
Foto: Sputnik
Qozog‘istonning Turkiston viloyati O‘rdabas tumanida 2005 yildan beri bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan O‘zbekiston fuqarosi topildi. Bu haqda Timeskz.kz nashri xabar berdi.
Erkak bir o‘g‘rilikning tergovi vaqtida tasodifan aniqlangan. O‘g‘rilar do‘konga tomidan darcha ochib kirib, o‘zlari bilan katta qiymatdagi oziq-ovqatni olib ketishgan. Ushbu jinoyatni sodir etish gumoni bilan bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ushlangan.
Aniqlanishicha, o‘zbekistonlik yana bir jinoyatga – O‘rdabas tumanida yashovchi fuqaroga tan jarohati yetkazishga aloqador bo‘lgan. O‘zbekiston tomonidan erkakka so‘rov berilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, erkak 14 yildan beri bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan va ota-onasi tomonidan qidirilgan. Tergov davomida erkak shu vaqt ichida Qozog‘iston bo‘ylab uning shaxsini tasdiqlovchi yagona hujjat – tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma bilan harakatlangani va turli joylarda ishlab yurgani aniqlangan. U Qozog‘iston chegarasini hujjatlarsiz qanday kesib o‘ta olgani noma'lum.
O‘zbekistonlik bilan uchrashgani Turkiston viloyatiga O‘zbekistondan uning otasi va akasi kelgan. Gumonlanuvchining otasi Orif Hoshimov uning o‘g‘lini topgan politsiyachilarga minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026