Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev Qora dengizda Rossiyadan ruxsat so‘rab o‘tirmasdan harakat qilishini bildirdi
NATO va Ukraina Qora dengizda nima qilish to‘g‘risida Rossiyadan ruxsat so‘ramaydi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev to‘rt oy davomida NATO bilan muzokaralar olib bordi va alyans bilan birgalikdagi harakatlarda Moskvaning nuqtai nazari bilan qiziqmaydi.
"Biz shunchaki buni amalga oshiramiz. Hech kim bizdan so‘ramaydi, buni qilish mumkin, bunisi mumkinmas demaydi", - degan Klimkin "112" telekanaliga.
Avvalroq alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATOga a'zo davlatlar Ukraina va Gruziyani Qora dengizda qo‘llab-quvvatlashga kelishib olganini ma'lum qilgandi.
Shu bilan birga, 5 apreldan Ukraina va NATOga a'zo davlatlar Qora dengizda Sea Shield ("Dengiz qalqoni- 2019") hamkorlikdagi mashg‘ulotlarini boshladi.