Jamiyat | 23:05 / 05.04.2019
24640
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda xalqaro festival boshlanmadi, lekin...

Termiz shahrida ilk marta tashkil etilayotgan Xalqaro baxshichilik san'ati festivali 6 aprel kuni rasman ish boshlaydi. Shuningdek, shu kuni festivalning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Lekin mahalliy aholi, festivalni tomosha qilish uchun uzoq-yaqindan tashrif buyurgan mehmonlar tadbirni intiqlik bilan kutmoqda. 

Termiz shahri markazidagi xiyobonda barcha viloyatlar paviloni tashkil etilgan bo‘lib, ularning har birida hunarmand ustalar, xalq og‘zaki ijodi ijrochilari ommaviy tadbirga katta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xiyobonning turli burchaklaridan katta sahnalar tashkil etilgan, shuningdek, markaziy sahna maydonida esa festival ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda. 

5 aprel kuni jahonning 76ta davlatidan O‘zbekistonga yetib kelgan xorijiy mehmonlar xiyobon maydonida sayr qilib, o‘zining quvonchini yashirmay, o‘yin-kulguga qo‘shilib ketdi. 

Kun.uz muxbiri festivalga tayyorgarlik chog‘ida «Titanik» qo‘shig‘ini baxshiyona ohangga o‘tkazib, do‘mbira chertayotgan baxshilardan tortib finlyandiyalik chanqovuz ustasigacha uchratdi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid