Jahon | 21:00 / 06.04.2019
5750
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaliklarga muqovasida «Yevropa ittifoqi» yozuvi yo‘q pasportlar berilmoqda

Foto: Francois Lenoir / Reuters

Buyuk Britaniya fuqarolariga muqovasida «Yevropa ittifoqi» yozuvi yo‘q pasportlar berila boshlandi, deb xabar berdi BBC News.

TASSning Birlashgan Qirollik IIVga tayanib ma'lum qilishicha, yangi namunadagi pasportlar berilishi 30 martdan boshlangan.  

Britaniyaliklarga «Yevropa Ittifoqi» yozuvi bor pasport ham berilishi mumkin. Lekin ularda pasportning ikki turidan birini tanlash huquqi yo‘q. Qayd etilishicha, bu qolgan pasport blankalarini ishlatish va soliq to‘lovchilarning mablag‘laridan unumli foydalanish maqsadida qilinmoqda. 

Rejaga ko‘ra, 2019 yil oktyabrdan Britaniya pasportining muqovasi YeI mamlakatlarida qabul qilingan qirmizi rangdan to‘q ko‘k rangga o‘zgaradi.  

5 aprel kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa ittifoqidan chiqish sanasini ortga surishni so‘ragani xabar qilingandi

Mavzuga oid