Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: yomg‘ir oqibatlari bartaraf etildi
2019 yil 5 aprel kuni respublikaning ba'zi viloyatlari hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.
Ushbu holat Samarqand, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida ariqlarga shox-shabbalar yig‘ilib qolishi natijasida ariqlardagi suvlar toshib, yo‘llarga chiqqan va bir qator mahallalardagi xonadonlar ichiga kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tezlik bilan ishchi guruh tuzilib, ushbu vaziyat bartaraf etilgan.
Holat yuzasidan jabrlanganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Xatirchida kuchli sel kuzatilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 15.06.2026
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqinlari xavfi e’lon qilindi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
09:30 / 15.05.2026