Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmon va Putin 17 aprel kuni Moskvada uchrashadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17 aprel kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashadi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma'lum qildi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Moskvaga rasmiy tashrifi 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi, deya qayd etgan Ushakov. Uning qo‘shimcha qilishicha, Kreml bugungi kunda ikki mamlakat prezidentining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bundan oldin, RFning Tojikistondagi elchisi Igor Lyakin-Frolov Rossiya va Tojikiston yaqin vaqt ichida migratsiya sohasida yangi kelishuvni imzolashi haqida ma'lum qilgandi.
Hujjatlar Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning 17 aprel kuni Moskvaga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolanadi.
Igor Lyakin-Frolovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlardan biri - Rossiyadagi korxona va muassasalarda ishlash uchun migrantlarni uyushgan holda jalb qilish bo‘yicha kelishuv. Rossiyalik diplomat tafsilotlarni ochiqlamagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi hujjat Rossiya IIVning Tojikistondagi migratsiya xizmati vakolatxonasi hamda Tojikiston Mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligining Rossiyadagi huquqiy maqomi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
10:25
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026