Jamiyat | 12:08 / 06.04.2019
46596
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Sellar davom etmoqda, «Yuqori nuqta»dagi yo‘l o‘rnida daryo oqdi

Respublikaning g‘arbiy hududlarida kuchli yomg‘irlar davom etmoqda.

Kecha, 5 aprel tunida Jizzax va Samarqand viloyatlari o‘rtasidagi xalq tilida «Yuqori nuqta» deb ataluvchi hududda hamda Toshkent-Termiz yo‘lining G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi qismida kuchli yomg‘irdan keyin yuzaga kelgan holat tasvirlangan suratlar va videolavhalar tarqaldi.

Guvohlarning so‘zlaridan va lavhalardan ko‘rinib turibdiki, trassa yo‘lining bir tarafida sel massasi xuddi daryoday oqqan, ikkinchi tarafida esa harakat sekinlashib, tirbandlik hosil bo‘lgan, ayrim hududlarda harakat butunlay to‘xtab qolgan.

Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.

Bundan avval Navoiy viloyati Xatirchi tumanida va Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining tog‘li Langarota qishlog‘ida kuchli yomg‘irlar ta'sirida sel kelgani haqida xabar berilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid