4 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanining toğli hududlarida kuçli sel toşqini kuzatilgan.

Kun.uz manbasi bergan xabarga köra, tabiiy ofat oqibatida toğlar orasida joylaşgan Langarota qişloğida bir qator turar-joylar va binolarga zarar yetgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq. Ammo sel ta'sirida qişloqning markaziy köçasi va yon atrofdagi uylar loy va toş massasi bilan tölib ketgan.

Langarota qişloğiga olib ötuvçi köprik ham sel ta'sirida qulab tuşgan.

Bu qişloq gözal tabiati, toğ çöqqisidagi «Langarota» ziyoratgohi bilan maşhur. Maşhur muşaf Qur'oni uzoq yillar şu ziyoratgohda saqlangan. Ma'lumotlarga köra, sel oqibatida ziyoratgohga zarar yetmagan.