Jahon | 18:29 / 07.04.2019
14575
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyadagi ixtilof tomonlari bir-biriga qarshi havo operatsiyalarini boshladi

Foto: REUTERS / Esam Omran Al-Fetori

Liviyaning milliy kelishuv hukumati Liviya milliy armiyasining Tripolining eski aeroportidagi an-Naqilya bazasiga aviazarbalar berdi. Bu haqda harbiy manba xabar bergan.

Manbaning ta'kidlashicha, bu Liviya milliy armiyasining Tripoli tomon bostirib borayotgani bilan bog‘langan.

O‘z navbatida, marshal Xalifa Haftar boshchiligidagi milliy armiya poytaxt Tripoli osmonida javob havo operatsiyasini boshlagan. Operatsiyadan maqsad qurollangan guruhlar pozitsiyalari va ularning Tripolidagi texnikasi to‘plangan yerlarga zarba berishdan iborat. Mahalliy manbalarning tasdiqlashicha, Haftar tomonidan nazorat qilinayotgan Vodiy ar-Robiy aholi punktiga harbiy samolyotlar kelmoqda.

4 aprelda Haftar Tripolini terrorchilardan ozod qilish uchun u yerga hujum boshlashga  buyruq bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, milliy armiya Tripolining janubi-g‘arbidagi bir nechta hududlarni jangsiz egallashga muvaffaq bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid