O‘zbekiston | 09:27 / 08.04.2019
21649
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi organlari tizimi ixchamlashtiriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hukumat tuzilmasiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarini yanada ixchamlashtirish va faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, davlat boshqaruvi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini yanada ixchamlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqiladi.

Bunda quyidagilar inobatga olinadi:

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari tarmoq, soha va hududlarni rivojlantirish hamda joylarda to‘planib qolgan muammolarning o‘z vaqtida hal etilishini ta'minlash;

ijro etuvchi hokimiyat organlari huquqiy maqomining chegaralab qo‘yish ularning davlat apparatidagi aniq o‘rni va rolini aniqlash, vazifalarning takrorlanishi va davlat tomonidan ortiqcha tartibga solish holatlarining mavjudligi inobatga olish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari javobgarlik sohalarining aniq chegarasi belgilab berish.

2019 yil 1 iyulga qadar puxta asoslangan takliflar tayyorlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. 

Mas'ul ijrochilar - Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid