Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi hukmron partiya Kashmir aholisining alohida maqomini bekor qilmoqchi
Hindistondagi "Bxaratiya janata parti" (BDP) hukmron partiyasi mamlakatdagi saylovlarda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa konstitutsiyaning 35A moddasida belgilangan Jammu va Kashmir aholisining alohida maqomini bekor qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda India Today jurnali xabar qildi.
Partiyaning fikricha, mazkur modda Jammu va Kashmirdagi doimiy aholi bo‘lmaganlarni kamsitish hisoblanadi va shtat rivojlanishiga xalaqit beradi.
Mamlakat konstitutsiyasining 35A moddasiga muvofiq, Jammu va Kashmirning doimiy aholisi ko‘chmas mulk sotib olish hamda shtatda davlat lavozimlarini egallashda alohida huquqqa ega. Reuters agentligining ma'lumotiga ko‘ra, partiya tashabbusi shtat aholisining tanqidiga uchragan.
Hindistonda parlament quyi palatasiga saylovlar 11 apreldan 19 maygacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026