O‘zbekiston | 15:58 / 08.04.2019
2039
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Avstriya hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

2019 yilning 9 aprel kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston - Avstriya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

TIV xabariga ko‘ra, Avstriya delegatsiyasiga Raqamlashtirish va iqtisodiyot vazirligining Tashqi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bosh direktori Frans Vessig rahbarlik qiladi.

O‘zbekistonning Vena shahridagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 9 aprel kuni Avstriya Federal iqtisodiy palatasi vitse-prezidenti Rixard Shens boshchiligidagi 50 ga yaqin yetakchi kompaniyalar va banklar vakillari ishtirokida ikki tomonlama O‘zbekiston-Avstriya biznes forumini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid