23:54 / 08.04.2019
8035

Shvetsiya turmalarida mahbuslar uchun joy yetishmasligi kuzatilmoqda

Foto: lemonde.fr

Shvetsiyadagi turmalarda mahbuslar uchun rekord darajada joy yetishmayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli ba'zi turmalar mahbuslarni qabul qilishdan bosh tortgan.
 
O‘tgan hafta 45 ta axloq-tuzatish muassasasidan 17 tasi mahbuslarni boshqa qabul qila olmagan.

Mahbuslar tashriflar uchun xonalarda hamda bir kishilik kameralarga bir necha kishidan qilib joylashtirila boshlangan.  

Turmalar xodimlari mamlakatda bir qator qonunbuzarliklar uchun jazolar qat'iylashtirilgani sababli vaziyat yanada yomonlashishidan xavotir bildirishgan.

Mavzuga oid
Top