AQSh Afg‘onistondagi diplomatlarini kamaytirishga qaror qildi
AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini kamaytirish bilan birga diplomatlarini ham kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning “Pajvoq” axborot agentligi xabar berdi.
Bu qaror AQSh vakillari “Tolibon” harakati vakillari bilan muzokaralar olib borish bilan band bo‘lgan va AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi muhokama qilinayotgan va hali ijobiy natijalarga erishilmagan vaqtda qabul qilinmoqda.
Ta'kidlanishicha, AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi AQShning eng serxarajat xorijiy vakolatxonalaridan biri sanaladi.
AQShning Afg‘onistondagi diplomatik ishtiroki qo‘shinlarinikidan kamroq bo‘lsa-da, Kobuldagi elchixona Afg‘onistondagi boshqa harbiy tuzilmalardan ko‘proq budjetga ega.
Ushbu qarorning asosiy sababi noma'lum, biroq AQSh davlat departamentidagi bir yuqori lavozimli amaldorning Foreign Policy nashri bilan suhbatda ma'lum qilishicha, oxirgi yangiliklar xitoylik diplomatlarning Afrikada ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda va AQSh bunday holatda barcha pullarni Afg‘onistonga sarflashga yo‘l qo‘ya olmaydi.
Mavzuga oid
12:30
AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:28
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:59 / 19.09.2024