Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Tramp migratsiya siyosatini qat'iylashtirmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Kirsten Nilsen iste'foga chiqqanidan so‘ng, migratsiya siyosati sohasidagi chora-tadbirlarni yanada qat'iylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal yozyapti.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp Oq uydagi maslahatchilaridan migratsiya qonunchiligini qat'iylashtirishda «nisbatan ochiq» ishtirok etishni talab qilgan. Ta'kidlanishicha, prezident AQSh janubiy chegaralarini noqonuniy kesib o‘tgan oilalar soni o‘sishini sekinlashtirmoqchi.
Avvalroq, Tramp ma'muriyati migratsiya idoralarini yopayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Bundan oldin, Tramp Meksika bilan chegarani yopib qo‘yish haqida tahdid qildi.
Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
17:32 / 19.06.2026