Jahon | 15:28 / 10.04.2019
9563
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an S-400 bo‘yicha muddatlar o‘zgarishini istisno etmadi

Foto: Umit Bektas /Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Turkiyaga Rossiyaning S-400 zenit raketa komplekslarini yetkazib berish joriy yil iyul oyida emas, balki undan ham avval boshlanishi mumkin. Bu haqda u Sabah gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, S-400’ni sotib olish masalasi AQSh va NATO e'tirozlariga qaramay hal qilib bo‘lingan.

Erdo‘g‘an qo‘shimcha qilishicha, AQShning Rossiyaga tegishli zenit raketa komplekslari sotib olinishi masalasi bo‘yicha keskin pozitsiyasiga qaramasdan, turk uchuvchilari hozirda Amerika tomoni Turkiyaga yetkazib bergan to‘rtta F-35 qiruvchi samolyotida parvoz qilishga o‘rganishni davom ettirmoqda.

Bundan oldin, AQSh S-400 tufayli Turkiyaga «jiddiy oqibatlar» bilan tahdid qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid