AQSh S-400 tufayli Turkiyaga «jiddiy oqibatlar» bilan tahdid qildi
Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa komplekslarini sotib olishi «jiddiy oqibatlarga olib keladi». Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Erik Pexon TASS agentligiga ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, Vashington Turkiyaning o‘z havo hujumidan mudofaa tizimini yaxshilash istagini tushunadi, ammo S-400’ni sotib olish Anqaraning AQSh va NATO bilan hamkorligiga cheklovlar qo‘yadi.
8 mart kuni AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Charlz Sammers Anqara tomonidan C-400’ning sotib olinishi Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlari va Patriot zenit komplekslari yetkazib berilishini bloklab qo‘yishi haqida ma'lum qildi. 2 mart kuni o‘z nomini oshkor etmagan, muzokaralardan xabardor bo‘lgan amerikalik amaldor Bloomberg agentligiga Vashington Turkiyaga Patriot komplekslari va qo‘shma ishlab chiqarish bo‘yicha Moskvaga qaraganda yaxshiroq taklif bilan chiqqanini xabar berdi. Biroq, Anqara kelishuvdan qochish uchun sabab izlayapti.
O‘z navbatida, Turkiya milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar ma'lum qilishicha, Rossiyaning S-400 zenit raketa komplekslarini joylashtirish jarayoni shu yilning oktabr oyida boshlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya komplekslarini qayerda joylashtirish yaxshiroq ekani borasida o‘rganish ishlarini olib boryapti. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, S-400 Turkiya «aholisining himoyasini ta'minlash» uchun zarurdir. Akarning qayd etishicha, Turkiya tomonidan Rossiya zenit raketa komplekslarining xarid qilinishi «majburiy chora» bo‘lgan.
Anqaraga S-400’ning to‘rtta divizionini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga 2017 yil sentyabr oyida erishildi. Shartnoma qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi, ammo bu mablag‘ning yarmi Rossiya krediti bilan qoplanadi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024