Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Belarus I Hududiy forumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Belarus Respublika Kengashida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ustuvorlik ilmiy loyihalarga berildi. Jumladan, loyihalarni sanoatga tatbiq qilishdan to qo‘shma fakultet va laboratoriyalar tashkil qilishgacha. Tomonlar mintaqalararo hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga tayyor, yaqin oylarda o‘tkazilishi kutilayotgan hududlar forumida shu haqida gap boradi.
Ta'kidlash joizki, ayni damda Toshkent va Minsk aloqalari faol rivojlanmoqda. O‘tgan yilning kuz faslida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifidan so‘ng barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarga yangicha impuls berildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
12:12 / 09.06.2026