Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudyalar va xalq maslahatchilarining yoshi oshirilishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
«Sudlar to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonunlarga tuzatishlar loyihasi e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.
Ayni paytda 30 yoshdan kichik bo‘lmagan fuqaro tuman (shahar) darajasidagi sudya bo‘lishi mumkin. Xalq maslahatchilari uchun ham xuddi shunday yosh belgilangan («Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunning 61, 62-moddalari). Uni 35 yoshgacha oshirish taklif etilmoqda. Taklif etilgan tuzatishlarda boshqa malaka talablari tilga olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Konstitutsiyaviy sud sudyalarining yoshi ham xuddi shunday oshirilgan.
Quyidagilar bilan bog‘liq bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham nazarda tutilgan:
• sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzodlarni tanlab olish tartibi, shu jumladan maxsus tayyorlov kurslarida o‘qitish talabi bilan (6.01.2019 yildagi PQ–4096-son qaror);
• vakolat muddati tugagandan keyin sudya lavozimiga va boshqa sudyalik lavozimiga tayinlash tartibi bilan. Hozir ushbu mexanizm tartibga solinmagan. Xususan, navbatdagi 10 yillik va keyingi muddatsiz davrga lavozimni egallash uchun tayinlash (saylash) o‘rtasidagi eng katta tanaffus 6 oy deya qayd etildi. Bu davrda qayta tayinlash (qayta saylash) taomili amalga oshiriladi;
• Sudyalar oliy kengashi vakolatlari, uning faoliyati va h.k. bilan.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:51 / 21.01.2026
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona belgilar va “taksi pasporti” joriy etilishi mumkin
15:15 / 24.12.2025
Uy-joy va yer bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish muddati 3 barobarga qisqarishi mumkin
11:13 / 22.12.2025
Developerlarga cheklov, ulushdorlarga kafolat: ulushli qurilish tartibi o‘zgaradi
13:16 / 15.12.2025