Jamiyat | 18:45 / 12.04.2019
6506
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalq banki “BankExpo-2019” ko‘rgazmasi doirasida o‘z mijozlarini taqdirladi

Ma'lumki, “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “BankExpo-2019” bank-moliya xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada aksiyadorlik tijorat Xalq banki o‘zining bank xizmatlari aks etgan stendlari, tarqatma materiallari, buklet va flayerlari, malakali mutaxassislari bilan faol ishtirok etayapti.

Ta'kidlash lozimki, ushbu ko‘rgazma doirasida AT Xalq bankining hududlardagi eng yaxshi sakkiz nafar mijozi tadbir doirasida bankning maxsus tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangani barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Ko‘rgazma pavilonida tashkil etilgan Xalq banki stendiga ko‘plab mijozlar, jumladan, yosh tadbirkorlar, oliy ta'lim muassasalari talabalari, yurtimiz aholisi va mehmonlari qiziqish bildirmoqda. Ularga bankning malakali mutaxassislari tomonidan maslahatlar, savollariga javoblar, shuningdek, bank xizmatlari haqidagi tarqatma materiallar berilmoqda.

Rasmiy sayt: www.xb.uz

Telegram: t.me/xalqbankinfo

AT Xalq banki matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid