Jamiyat | 20:32 / 16.04.2019
6968
2 daqiqa o‘qiladi

Jamoat tartibini saqlashda jonbozlik ko‘rsatgan ofitserlar taqdirlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 15 aprel kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida jamoat tartibini saqlashda faol ishtirok etgan bir guruh harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organi xodimlari rag‘batlantirildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Yig‘ilganlarning bir guruhiga mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov O‘zbekiston mudofaa vaziri nomidan “minnatdorlik” e'lon qilib, faxriy yorliq, qo‘l soati va pul mukofotlarini topshirdi. 

Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hovlisida saf tortgan bir guruh harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organi xodimlarining sadoqatli mehnati bundan keyin ham munosib rag‘batlantirilishi ta'kidlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2018 yil 24 dekabrda “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash hamda Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, shuningdek, aholi bilan ma'naviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhidagi tadbirlarni tashkil etish maqsadida tumanga Mudofaa vazirligi ofitserlari biriktirilgan edi.

Mavzuga oid