Moskva metrosining eng xavfli bekatlari ma'lum qilindi
«Komsomolskaya», «Taganskaya», «Kiyevskaya», «Paveletskaya» va «Belorusskaya» Moskva metrosining eng xavfli stansiyalari deb topildi. Bu haqda «Izvestiya» Moskva metrosidagi IIB matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ushbu barcha stansiyalar metroning halqa liniyasida joylashgan. Ulardagi jinoyatchilik yo‘lovchilarning katta oqimi va vokzallarga yaqinligi bilan bog‘liq. 2017 va 2016 yillarda ham ushbu stansiyalar metrodagi eng muammoli joylar ro‘yxatida yetakchilik qilgan.
Ta'kidlanishicha, 2018 yilda 1757 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 40 foizi o‘g‘rilik hissasiga to‘g‘ri keladi. 2014 yildan buyon bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga kamaydi.
O‘g‘rilik jinoyatlarining eng ko‘pi Zamoskvoretskiy, Kolsevoy va Arbatsko-Pokrovskiy hamda Tagansko-Krasnopresnenskiy yo‘nalishlarida sodir etilgan. Ushbu uchastkalarda sodir etilgan jinoyatlar soni 66 - 78ta o‘g‘rilik atrofida.
Mavzuga oid
12:12 / 28.09.2024
Moskvada 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun sudlanmoqda
20:08 / 25.09.2024
Toshkent – Moskva yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi
18:35 / 17.09.2024
Moskva oblastida 2025 yildan boshlab migrantlar mehnati cheklanishi mumkin
21:00 / 16.09.2024