Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XTV o‘quvchini urgan o‘qituvchi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi
Foto: KUN.UZ
Internet nashrlarida e'lon qilingan “Maktabda janjal: Toshkentda direktorning qarindoshi o‘quvchilarni ayovsiz kaltaklayapti” jurnalistik surishtiruviga Xalq ta'limi vazirligi izoh bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 martida Uchtepa tumanidagi 245-umumta'lim maktabida 2-“V” sinf o‘quvchisi A. A.ni sinf rahbari N.T. doskaga chaqirgan. U o‘quvchining javobidan qanoatlanmasdan tanbeh berib, uning qo‘liga urgan. Shu kuni o‘quvchining onasi maktabning o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘.Abdullayevga farzandi bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan shikoyat qilgan.
Maktabning O‘TIBDO‘ G‘.Abdullayev sinf rahbari va o‘quvchining onasi bilan suhbatlashgan. Suhbat yakunida o‘quvchining onasi ushbu holat yuzasidan e'tiroz bildirmasligini ma'lum qilib, maktab rahbariyatiga boshqa murojaat qilmagan.
Lekin o‘quvchining buvisi OAVga murojaat qilishi natijasida, 1 aprel kuni jurnalistlar maktabga kelib, holat yuzasidan surishtiruv olib borgan, deyiladi vazirlik xabarida.
Bildirilishicha, sodir bo‘lgan holat maktabning pedagogik jamoasi o‘rtasida 2019 yilning 1 aprel kuni o‘tkazilgan ishlab chiqarish yig‘ilishida muhokama etilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.T. bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan. O‘quvchi A.A. onasining arizasiga ko‘ra 2-“V” sinfidan 2-“B” sinfiga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
22:20 / 11.01.2026
Mehnat inspeksiyasi: “Xorijiy til o‘qituvchilari huquqlari buzilmoqda - bu qonunga zid!”
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
16:35 / 05.01.2026