Jamiyat | 17:08 / 19.04.2019
5154
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon Tibbiyot instituti talabalari xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahridagi Tibbiyot universitetida “Tibbiyotda shoshilinch holatlar” mavzuida xalqaro olimpiada o‘tkazildi. 

Mazkur bilimlar bellashuvida Andijon Davlat tibbiyot instituti talabalari va o‘qituvchilaridan iborat jamoa ham ishtirok etdi. 

Oliygohning “Bolalar jarrohligi va anesteziologiya-reanimatologiya” kafedrasi, “Davolash” fakulteti o‘qituvchi, magistrant va talabalari bilim, mahorat bobida o‘z kuchlarini namoyish qilib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

O‘zbekistonlik yosh tibbiyotchilardan iborat jamoaning tibbiy tayyorgarligi hakamlar tomonidan yuksak darajada baholandi.  

Elmurod Ermatov, Andijon

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid