Sport | 10:28 / 19.04.2019
19906
3 daqiqa o‘qiladi

Bugun o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Bugun, 19 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi.

Kecha musobaqadan avval vazn o‘lchash va qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik bokschilar turnirni reyting pog‘onalariga qarab turli bosqichlardan boshlashadi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarning qur'a natijalari quyidagicha:

– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – D.Xasebe (Yaponiya)
– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov – T.Drugel (Butan)
– 56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – A.Alibekov (Qirg‘iziston) / N.Simfavong (Laos)
– 60 kg: Shukurjon Rahimov – K.Choye (KXDR)
– 64 kg: Shunqor Abdurasulov – K. Al-Ezire (Iroq)
– 69 kg: Bobo-Usmon Boturov – B.Ganbatar (Mo‘g‘uliston)
– 75 kg: Isroil Madrimov – T. Vu (Vetnam)
– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – B. Yadav (Hindiston)
– 91 kg: Sanjar Tursunov – X. Xan (Xitoy) / S. Boboshev (Qirg‘iziston)
+ 91 kg: Bahodir Jalolov – X. Mu (Xitoy)

Birinchi kungi janglarda o‘zbekistonlik bokschilardan Shunqor Abdurasulov va Bobo-Usmon Boturov ringga chiqadi. -64 kg vazn toifasi vakili Abdurasulovning iroqlik Al-Ezirega qarshi jangi Toshkent vaqti bilan 13:45ga, -69 kg vaznda esa Boturovning mo‘g‘ulistonlik Ganbatarga qarshi bahsi soat 16:15ga belgilangan. Janglar vaqti taxminan olingan bo‘lib, undan avvalgi bahslar yakunlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.

Shuningdek, bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan -57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzayeva shri-lankalik Krishmi bilan jang qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 17:30da boshlanadi.

Qayd etish kerak, Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi: Fotima Tursunboyeva (- 48 kg), Farangiz Hoshimova (- 51 kg), Tursunoy Rahimova (- 54 kg), Yodgoroy Mirzayeva (- 57 kg), Rayxona Qodirova (- 60 kg), Maftuna Meliyeva (- 64 kg), Shahnoza Yunusova (- 69 kg), Mavluda Mavlonova (- 75 kg), E'zoza Meliyeva (- 81 kg).

Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar 1995 yildan boshlab qit'a chempionatida ishtirok etib kelishadi, hozirgacha 4 marta (1999, 2002, 2007 va 2017 yillari) umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgan. Rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 10ta vaznning 9tasida O‘zbekiston vakili oltin medalga sazovor bo‘lgandi.

Mavzuga oid