Tailand poytaxti Bangkok şahrida havaskor boksçilar örtasidagi navbatdagi Osiyo çempionatida final uçraşuvlari davom etmoqda.
Özbekiston terma jamoasining yana bir vakili Bobo-Usmon Baturov -69 kg vazn toifasida final jangini ötkazdi. Yaponiyalik Sevonrets Okazavaga qarşi ringga kötarilgan Baturov jangda öz ustunligini namoyiş qildi va yutuqlari qatoriga qit'a çempionligini ham qöşib qöydi.
Osiyo çempionatini saralaş bosqiçidan boşlagan Baturov dastlab möğulistonlik Bayarku Ganbaatarga qarşi ötkazib, uni muddatidan avval mağlub etgandi. Özbekiston vakili nimçorak finalda eronlik boksçi Sajjar Kazemzadapoştiriga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Çorakfinalda esa qozoğistonlik Aslanbek Şimbergenov, yarimfinalda hindistonlik Aşiş mağlub etildi.
Şu tariqa, Özbekiston vakillari finallarda 100 foizlik natija qayd etişmoqda. Biroz avval terma jamoaning yengil vazndagi vakillari Nodir Mirzahmedov (-49 kg) hamda Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg) ham finalni muvaffaqiyatli ötkazişgan edi.
Qayd etiş kerakki, uçinçi oltin medal Özbekiston terma jamoasiga muddatidan oldin erkaklar örtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinçi örinni qölga kiritişi uçun yetarli böldi - finalga Özbekistondan 5 nafar, Qozoğiston va Hindistondan 4 nafardan boksçi çiqqandi, ammo Özbekistonning medal jamğarişdagi asosiy raqibi Qozoğiston medallar sifati böyiça ikkinçi örinda qolişi ma'lum bölib ulgurdi.
Birozdan söng oğir vaznli boksçilar ham ringga çiqişadi:
-91 kg: Sanjar Tursunov (Özbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)

















