Tailandning Bangkok şahrida boks böyiça Osiyo çempionatining final janglari doirasida özbekistonlik yana bir boksçi ringga çiqdi.
-91 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Hyong Kyu Kimga qarşi ringga kötarilib, raqibiga oçkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qöydi va kumuş medal bilan kifoyalanadigan böldi.
Sanjar Tursunov finalga qadar qirğizistonlik Çingiz Borbaşev va iordaniyalik Hussayn Iaşaişni mağlub etgandi.
Bu Özbekiston jamoasining turnirdagi ilk kumuş medalidir. Bungaça Şukurjon Rahimov (-60 kg) bronza, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Bobo Usmon Boturov (-69 kg) oltin medallarga ega çiqqandi.
Özbekiston boks terma jamoasi muddatidan avval turnirda birinçi örinni qölga kiritib bölgan.

















