Tailandning Bangkok şahri mezbonligidagi havaskorlar boksi böyiça Osiyo çempionatining final janglari yakunlandi.
+91 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Bahodir Jalolov qozoğistonlik Qamşibek Konkabayevga qarşi jang qilib, raqibini oçkolar hisobiga mağlub etdi va ikkinçi bor Osiyo çempioniga aylandi.
Bahodir Jalolov finalga qadar xitoylik Haipeng Mu va suriyalik Muhammad Mulayyes tösiğidan osonlik bilan ötgandi.
Jalolovning medali Özbekiston erkaklar terma jamoasining turnirdagi törtinçi oltin medali böldi. Bungaça Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Bobo Usmon Boturov (-69 kg) oltin medallarga ega çiqqan, Şukurjon Rahimov (-60 kg) bronza, Sanjar Tursunov (-91 kg) kumuş medal bilan kifoyalangandi.
Şu tariqa, Özbekiston boks terma jamoasi 4ta oltin, 1ta kumuş va 1ta bronza medal bilan Osiyo çempionatida birinçi örinni qölga kiritdi.
Özbekiston terma jamoasi 5 finaldan 4tasida ğalaba qozondi:
49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – Dipak (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Kavinder Singx (Hindiston)
-69 kg: Bobo-Usmon Baturov – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Xyung Kyu Kim (J.Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Kamşibek Konkabayev (Qozoğiston).
Şuningdek, ayollar terma jamoasi ham 3ta bronza medalga egalik qilişdi.
Musobaqada sovrindor bölgan boksçilar:

















