Tailand poytaxti Bangkok şahrida havaskor boksçilar örtasidagi Osiyo çempionati final janglari davom etmoqda.
Erkaklar örtasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan -56 kg vazn toifasi vakili Mirazizbek Mirzaxalilov hindistonlik Kavinder Singh Biştga qarşi ringga çiqdi. Yakunda hakamlarning bir ovozdan bergan baholariga köra, Mirazizbek Mirzaxalilov oçkolar böyiça ğalaba qozongan holda oltin medalga sazovor böldi.
U turnir davomida dastlab qirğizistonlik Almanbet Alibekovga qarşi ringga çiqqan va yaqqol ustunlik bilan ğalaba qozongandi. Mirazizbek çorak finalda tailandlik Çatçai Budteni, yarimfinalda filippinlik Pedres Bautistani oçkolar hisobiga yenggandi.
Biroz avvalroq özbekistonlik boşqa bir boksçi Nodirjon Mirzaahmedov hindistonlik raqibini mağlub etib, Osiyo çempionatidagi dastlabki oltin medalni qölga kiritgandi.
Bugun yana uç nafar özbekistonlik boksçi finalda ringga çiqadi.
-69 kg: Bobo Usmon Baturov (Özbekiston) – Sevonrets Okazava (Yaponiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov (Özbekiston) – Xyong Kyu Kim (Janubiy Koreya)
+91 kg: Bahodir Jalolov (Özbekiston) – Qamşibek Konkabayev (Qozoğiston).

















