Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston oliy sudi Ashraf G‘anining prezidentlik vakolati muddatini uzaytirdi
Foto: REUTERS
Afg‘oniston oliy sudi davlat rahbari saylovini o‘tkazish sentyabrga ko‘chirilgani munosabati bilan amaldagi prezident Ashraf G‘anining vakolati muddatini uzaytirdi. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, G‘anining vakolat muddati 22 may kuni tugashi lozim edi. Sud amaldagi prezident mandatini yangi davlat rahbari saylanguniga qadar uzaytirdi.
Dastlab Afg‘onistonda prezident saylovi 20 aprelda bo‘lib o‘tishi e'lon qilingandi, keyinroq esa 20 iyulga ko‘chirildi. Mart oyida Afg‘oniston saylov qo‘mitasi saylov muddatini 28 sentyabrga ko‘chirdi.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani 2014 yil 14 iyunda saylangan va 29 sentyabrdan lavozimini bajarishga kirishgan.
Mavzuga oid
11:30 / 23.04.2026
Afg‘oniston giyohvand moddalardan tozalanadi – vazir o‘rinbosari jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
08:34 / 07.04.2026