Pompeo AQSh Eronga qachongacha bosim o‘tkazishini aytdi
Vashington Eron muzokaralar stoliga o‘tirmaguniga qadar Eronga qarshi bosimni kuchaytiradi va sanksiyalar kiritadi, dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.
"Eron muzokaralar stoliga o‘tirmagunicha biz bosimni kuchaytiraveramiz", - dedi Pompeo Eron nefti bo‘yicha sakkiz mamlakat va hudud uchun vaqtinchalik istisnolar olib tashlanishi munosabati bilan.
AQSh o‘tgan yili eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketgandi. Shu bilan birga Shtatlar qator davlatlar (Xitoy, Hindiston, Italiya, Gretsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va Turkiya) uchun vaqtinchalik istisno o‘rnatgan, ya'ni ma'lum bir vaqtga qadar ularga Eron neftini sotib olgani uchun sanksya kiritmaslik majburiyatini olgandi.
Avvalroq AQSh Eron islom inqilobi soqchilari korpusini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgandi.
Mavzuga oid
12:01
«Minimal jazo». Eron oliy rahbari Isroil bo‘ylab raketa zarbasini izohladi
09:51
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
21:46 / 05.10.2024