Turkiya AQShning Eronga qarshi neft sanksiyalari bo‘yicha qaroriga qo‘shilmadi
AQShning Eronga qarshi neft sanksiyalari bo‘yicha istisno rejimini uzaytirmaslik haqidagi qarori Eron xalqiga zarar yetkazadi. Turkiya bunday bir tomonlama yondashuvni rad etadi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushoglu.
Oq uy dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron nefti bo‘yicha qator mamlakatlar uchun istisno rejimini uzaytirmaslikka qaror qilganini ma'lum qildi. Gap Xitoy, Hindiston, Italiya, Gretsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va Turkiyaga Eron neftini sotib olgani uchun sanksiya kiritmaslik haqida bormoqda.
"AQShning Erondan neft import qilish bo‘yicha istisnoni bekor qilish haqidagi qarori mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka xizmat qilmaydi, u Eron xalqiga zarar yetkazadi. Turkiya o‘z qo‘shnilariga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar va cheklovlarni inkor qiladi", - deb yozdi Chovushoglu Twitter sahifasida.
Mavzuga oid
12:01
«Minimal jazo». Eron oliy rahbari Isroil bo‘ylab raketa zarbasini izohladi
21:46 / 05.10.2024
Tramp Isroil Eronning yadroviy obektlariga zarba berishi kerakligini aytdi
21:17 / 05.10.2024
Isroil armiyasi Eronga «jiddiy va salmoqli» javob tayyorlayotganini ma’lum qildi
19:36 / 04.10.2024