Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp New York Times’dan tiz cho‘kib uzr so‘rashini talab qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times nashridan tiz cho‘kib uzr so‘rashini talab qildi. Bu haqda Tramp Twitter’da yozgan.
“Qiziq, The New York Times 2016 yilgi saylovlardan keyin uzr so‘raganidek ikkinchi marotaba uzr so‘rarmikan... Lekin bu safar ular tiz cho‘kib, yolvorib kechirim so‘rashlariga to‘g‘ri keladi – ular haqiqatan ham halq dushmanlaridir!”, deb yozgan Oq uy rahbari.
Tramp aynan qaysi maqola unda norozilik keltirib chiqarganiga aniqlik kiritmagan. Biroq 22 aprel kuni The New York Times’da sharhlovchi Pol Krugmanning maqolasi chop etilib, unda sharhlovchi navbatdagi marta Trampni Rossiyaning AQShdagi prezident saylovlariga ehtimoliy aralashuvi tergovi o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishda, Respublikachilar partiyasini esa AQSh qadriyatlariga ishonch yo‘qlikda ayblagan.
Trampning fikricha, Krugman “The New York Times kabi yolg‘on va noto‘g‘ri qaydlari sababli har qanday ishonchni yo‘qotgan”.
Tramp AQShdagi liberal OAVni unga va ma'muriyati qarorlariga noxolis munosabatda bo‘lishda ayblab keladi.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
13:42 / 16.03.2026