Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Gvardiola «Yuventus»ga kelishini istamoqda
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu kataloniyalik murabbiy Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi faoliyatini yuqori baholaydi va u «byankoneri» boshqaruviga kelishini istaydi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Bu xabar Massimiliano Allegri mavsum yakunida «Yuventus»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin paydo bo‘ldi.
Gvardiolaning «Man Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 48 yoshli mutaxassis «shaharliklar»ni 2016 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida u klub bilan 4ta sovrin qo‘lga kiritdi: Angliya chempionligi, ikki bor Angliya Futbol ligasi Kubogi va 2018 yilgi Angliya Superkubogi.
Bundan avvalroq, Krishtianu Ronaldu turinliklar rahbariyatiga jamoani kuchaytirishi va YeChLda g‘olib bo‘lishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan 6 nafar futbolchini tavsiya qilgandi.
Ronaldu keltirgan ro‘yxatda birinchi bo‘lib uning hamyurti – «Benfika» hujumchisi Joau Felish qayd etilgan. Shuningdek, Krishtianu «Real»dagi sobiq jamoadoshlaridan Rafael Varan va Isko variantlarini taklif etgan. Qolaversa, u «Roma»dan himoyachi Kostas Manolas, «Fiorentina»dan hujumchi Federiko Keza va «Lion»dan yarimhimoyachi Tanguy Ndombeleni transfer qilishni maslahat bergan.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026