«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu rahbariyat bilan klubning yozgi transfer rejalarini muhokama qildi, deb xabar tarqatdi Corriere dello Sport.
Manbaga köra, muhokama davomida portugaliyalik hujumçi qaysi futbolçilar keyingi mavsumda jamoani kuçaytirişga va Çempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonişda yordam berişga qodir deb hisoblaşini aytib, kamida 6 nafar futbolçining nomini sanab ötgan.
Ronaldu keltirgan röyxatda birinçi bölib uning hamyurti – «Benfika» hujumçisi Joau Feliş qayd etilgan. Şuningdek, Kriştianu «Real»dagi sobiq jamoadoşlaridan Rafael Varan va Isko variantlarini taklif etgan. Qolaversa, u «Roma»dan himoyaçi Kostas Manolas, «Fiorentina»dan hujumçi Federiko Keza va «Lion»dan yarimhimoyaçi Tanguy Ndombeleni transfer qilişni maslahat bergan.
Qayd etilişiça, Ronaldu rahbariyat vakillari bilan uçraşuvdan oldin uşbu nomzodlar borasida boş murabbiy Massimiliano Allegri bilan ham maslahatlaşgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 33 yoşli hujumçi 19 yoşli Joau Felişni öz «vorisi» sifatida körayotgani xabar qilingan edi.












