Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pekin shahrida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham uchrashdi.
Prezidentlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning aniq masalalari muhokama qilindi. O‘zaro savdo hajmini yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

O‘tgan yil O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari rivojida tarixiy yil bo‘lgani, o‘zaro davlat tashriflari natijasida u strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.
Bu boradagi ishlar natijasida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshib, hududlararo va gumanitar aloqalar mustahkamlanib borayotgani ta'kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.
Mavzuga oid
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
19:07 / 22.12.2025