Jahon | 16:05 / 27.04.2019
50722
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Donbassdagi mojaro qanday shartda tugashini aytdi

Foto: AP Photo / Sergei Ilnitsky

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina janubi-sharqidagi mojaroni bartaraf etishda yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘lni ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Donbassdagi mojaro faqat Minsk kelishuvlari amalga oshirilgandan so‘ng tugaydi. Ammo Vladimir Putin Ukrainadagi saylovlarda g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiyning so‘zlarini yodga oldi, u amnistiya joriy etmasligi hamda ushbu hududlarga maxsus maqom berilmasligi haqida gapirgandi.

«Janob Zelenskiy dekret yoki farmon yoxud Ukrainada, o‘zi aytganidek, amnistiyani imzolamasligi haqida ma'lum qildi - bu bir. Ikkinchidan, u bu hududlarga alohida maqom berishga rozi emas», - deya aniqlik kiritgan Putin.

Bundan oldin, Putin Moskva Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligini berish haqida o‘ylayotgani haqida ma'lum qilgandi.

«Biz nafaqat LXR yoki DXRda istiqomat qilayotgan kishilarga fuqarolikni olishning bunday usulini taqdim qilyapmiz. Biz Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda fuqarolikni berish haqida o‘ylayapmiz», - dedi u.

Mavzuga oid