Jahon | 14:22 / 27.04.2019
16666
1 daqiqa o‘qiladi

Putindan navbatdagi qadam: Rossiya ukrainaliklar uchun soddalashtirilgan fuqarolik haqida o‘ylayapti

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, Moskva Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda Rossiya fuqaroligini berish haqida o‘ylayapti. U bu haqda Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani paytida xabar bergan, deb yozadi RT.

«Biz nafaqat LXR yoki DXRda istiqomat qilayotgan kishilarga fuqarolikni olishning bunday usulini taqdim qilyapmiz. Biz Ukraina fuqarolariga soddalashtirilgan tarzda fuqarolikni berish haqida o‘ylayapmiz», - deya ma'lum qildi u.

24 aprelda Putin Donbass aholisi tomonidan Rossiya pasportlarini soddalashtirilgan tartibda olish haqidagi farmonni imzoladi.

Rossiya yetakchisi ta'kidlashicha, o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Lugansk xalq respublikasi» va «Donetsk xalq respublikasi» aholisi uchun pasport berish jarayonidagi soddalashtirishda noodatiy hech narsa yo‘q, sababi bu bir qator davlatlarda oddiy amaliyot sanaladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid