Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosov ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) WBA International chempionlik kamari uchun ringga chiqdi.
Inglvud shahridagi Forum saroyida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram G‘iyosov amerikalik sobiq chempionlik uchun da'vogar Emmanuel Teylor bilan jang qildi.
10 raundga mo‘ljallangan jang yakunida hakamlar g‘oliblikni Shahram G‘iyosovga berishdi (99-91, 99-91, 97-93).
Shu tariqa, Shahram G‘iyosov o‘zining ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bundan oldinroq mazkur boks oqshomida jang qilgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) nokaut evaziga g‘alaba qozonib, g‘alabali seriyasini davom ettirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
09:49 / 01.08.2024