Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston armiyasi qor odamning izlari topilganini ma'lum qildi
Hindiston armiyasining harbiy alpinistlardan tashkil topgan ekspeditsiyasi Himolay tog‘larida qor odamning izlarini topdi, deb xabar berdi Hindiston mudofaa vazirligi.
Xabarda aytilishicha, o‘lchami 81x38 sm bo‘lgan izlar Nepal hududidagi Makalu cho‘qqisi yaqinida aniqlangan.
«Tutqich bermas qor odamni avvalroq «Makalu-Barun» milliy parkida ko‘rishgan», — deyiladi xabarda.
Vazirlik topilgan izlar suratga olingani va suratlar olimlarga topshirilganini bildirgan.
2007 yilda jurnalistlar Everest hududida qor odamning izlari topilganini xabar qilishgandi.
Mavzuga oid
20:10 / 07.06.2026
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
22:44 / 23.04.2026
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
10:16 / 28.03.2026
Nepal sobiq bosh vaziri hibsga olindi
12:13 / 13.12.2025