O‘zbekiston | 09:56 / 30.04.2019
29033
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30 aprel kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin lavozimdan ozod etildi. Uning o‘rniga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim sifatida tayinlangan.

Tashrif davomida viloyatning doimiy rahbari lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid