Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Bahodir Baxtiyaroviç Pölatov lavozimidan ozod etildi.
Kun.uz manbasining xabar berişiça, 1 aprel kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatida yiğiliş ötkazgan va uşbu yiğiliş yakuniga köra B.Pölatov işdan olingan.
Ma'lum qilinişiça, 2017 yildan buyon viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan Töra Abdiyeviç Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan.

Bahodir Pölatov 2018 yilning yozida Samarqand viloyati hokimligiga ötkazilgan Erkinjon Turdimov örniga Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.
U 2014-2016 yillarda Farğona viloyati prokurori, 2016-2017 yillarda Farğona viloyati hokimi örinbosari, 2017-2018 yillarda Qaşqadaryo viloyati prokurori, 2018 yilda Toşkent viloyati prokurori bölib işlagan.
Hozirça uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yöq.
Ma'lumot uçun, Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida 5-10 aprel kunlari ilk bor xalqaro baxşiçilik san'ati festivali ötkaziladi.
Bundan avvalroq, I Xalqaro baxşiçilik san'ati festivaliga bağişlab boysunlik hunarmandlar tomonidan dunyoda eng katta sözana tikilgani xabar qilingandi.











